Hammaga Salom, bu postimda men sizlarga qanday qilib misol yuklashni va gumanitar fanlarga javob yuklashni tushuntirib bermoqchiman!!!
Birinchi bo'lim. Birinchi o'rinda Asosiy fanlar haqida etib o'tsak, yani matematika, geometriya va fizika to'g'risida, javob yuklashni 3ta yo'li bor, 1-si katak daftarga tushunarli, xatosiz, va yozuvlarni boyamasdan ishlab, tinniq qilib rasmga olib yuklash. 2-si saytni o'zida javob maydonidan foydalanib, katex(pastdagi videorolikda ma'lumot keltirilgan)lardan foydalanib misol yuklash. 3-si Wordda chizmalar chizib shakllar qo'yib uni screenshot qilib saytga yuklash. Misol yuklashizda hech qanday cheklov yo'q, muhimi javobingiz to'g'ri va barcha-barchaga tushunarli bo'lsa bas.
Ikkinchi bo'lim. Gumanitar fanlarda qanday javob yuklanadi? Bu juda oson, yuklashni 2ta yo'li bor, xoxlasela sayt o'zida avval savolni yozasizlar, keyin javobni kiritasizlar, to'lliq va batafsil javob bo'lishi zarur, ha yo'q shu yili urush bogan shu yili tugagan degan qisqa javoblar bo'miydi! To'lliq va batafsil ma'lumot kiritiladi, ortiqcha ma'lumot kerak emas! Ikkinchi usuli, internetdan, kitoblardan kopiya qilib olib saytga qo'yayotganlar uchun, pdf kitobladan, saytlardan yoki boshqa manbaalardan kopiya qilishila mumkun lekin ulani formati to'g'ri kemiydi va saytimizga joylaganilada o'z o'zidan so'zlarni xoxlagan joyida - yoki joy tashlab ketilgan holda yuklanadi, shuni oldini olish uchun avvalambor word documentga kopiya qilib xatolarni tuzatib keyin saytga joylashtirishinglar kerak bo'ladi. Agar tushunmagan boseyla, post oxirida videorolikda barcha ma'lumot video korinishida tushuntirilgan!
Eng muhim ma'lumot. Javob berilgan javoblarga javob yuklamaysizlar. Agar sizdan oldin kimdir javob yuklagan bo'lsa-yu siz uni xatosini topsangiz, telegram orqali sayt administratoriga murojaat qilib xato misolni yuborasiz va tuzatmoxchiligizni aytasz. Etibor uchun Raxmat. Savollar bo'lsa https://t.me/Answers_uz