Hurmatli Bilimdonlar!!!
1-Bo'lim. Hurmatli bilimdonlar, Answers.uz saytimizga hush kelibsiz! Bu saytda nafaqat bilim olish mumkin balki bilimingiz bilan bo'lishgan holda yaxshi pul ishlab topishingiz ham mumkin. Barchangizda qanday qilib degan savol tug'iladi, bu savolingiz albatta javobsiz qolmaydi. Pul topishning imkoni shundaki, siz saytimizdagi kitoblar bo'limida joylashgan kitoblardan, o'zingiz bilmingizga mos bo'lgan yo'nalishni tanlab, avval kitobni yuklaysiz va shu bilan birgalikda boshqa oyna (окно) da yuklangan kitobni ochib, bir oynada kitob ikkinchisida javob yuklash uchun sahifani ochib baravariga kitoblardagi savollarga javob qo'shishingiz kerak bo'ladi va sizda albatta yana savol paydo bo'ladi bu javoblar qay ko'rinishda bo'lish kerak rasm ko'rinishdami yoki saytni o'zida yuklasam b'ladimi? Albatta qulay usulni tanlaysiz. Ammo har ikki usulni ham o'zini shart va majburiyatlari mavjuddir!
1.1. Rasmga olib javob yuklashning shartlari: rasmning ko'rinishi tinniq bo'lishi, rasmdan o'qiy oladigan sifat va tushunarlik yozuv, o'z o'rnida bo'yalmagan yozuv bo'lishi zarur. Rasmni filtrlarsiz va atrofdagi ortiqcha (gilam, parta, xontaxta, dastrxon va h.k)larsiz rasmga tushirishingiz SHART!
1.2. Saytni o'zida joylash juda oson, to'g'ri javobni yozasiz, istasangiz katexdan foydalangan holda yuklaysiz.
1.3. Daftarga yozish istagi bo'lmaganlar word documentda misolni ishlab yoki chizmalarni chizib, uni screenshot qilgan tarzda yuklasangiz ham bo'ladi.
2-Bo'lim. Misol yuklash jarayonida bizning yordamchilarimizning ko'pginasida tug'iladigan asosiy savol yakuniy javob degan joyga nima yozaman, shu qatorni to'dirishim zarurmi? albatta zarur, u yerga misolizda chiqqan natijani kiritasiz, natija juda uzun yoki u javobni shunchaki yozishni istamasangiz Batafsil ma'lumot... degan yozuvni qo'ysangiz bo'ladi.
3-Bo'lim. Saytda ballar to'planadi bu ballar sizga faqatgina lavozimingiz uchun kerak, ko'pro ball to'plash uchun qiyinroq misol-masalalar yo'q, misollarning (savollarning) qiyinlik darajasidan qat'iy nazar har bir muvoffaqqiyatli javobdan so'ng ishchi 20ball to'playdi va qancha ko'p ball bo'sa shuncha lavozimi oshadi, shu ko'rsatkich uchungina kerak boladi bu ballar. Ya'ni bundan kelib chiqadiki, to'lovlar ballarga asosan amalga oshirilmaydi! 1ta misol ichida bir nechta misollar to'plami mavjud, masalan a,b,d,e,f,g,h,i,j misollari, bular 1ta misolga kiradimi? Ha sababi 1ta misol ichidagi misolchalar bu bir hil yo'nalishda ishlanadi va ularni barchasini 1ta misol ostida joylashtirasiz yoki 1ta varroqqa ishlab, rasmga olib yuklaysiz va bu misol sizga o'z o'rnida 20 ball olib keladi.
4-BO'LIM!!! Eng muhim masala, to'lov qay tarzda amalga oshiriladi??? To'lov o'z ornida online tarzda amalga oshiriladi, sababi, bu online ish, bizani ofisizmiz yoki o'quv markazimiz yo'q, bizga kelib ishlash imkoniyati yo'q, faqat online tarzda hamma ish bajarilgani uchun to'lov ham huddi shu tarzda amalga oshiriladi. Va albatta hamma sevgan savollardan biri... Aldab ketmisilami? misol ishlasamu pul o'tqizmaselachi? Kafolat berasmi to'lovga? Bu sovollani berishdan oldin odam yaxshilab o'yab ko'rishi kere dib bilaman, sababi ishonch bo'lishi kere odamda, xoxishingizga qarab ishlashingiz mumkun, ishni majburlab hich kim yuklamidi, ishni boshlashdan oldin o'zizga savol berin manga shu narsa qiziqmi? kerakmi shu ish manga? agar javobingiz ijobiy bo'lsa hush kelibsiz! To'lov albatta kafolatlanadi, 100 ta to'g'ri va shartlarga javob beruvchi javoblar yuklagan bilimdon yuborgan kartasiga kun davomida ishlagan misollariga yarasha to'lov qabul qiladi. Ya'ni to'lov turi misollarning qiyinlik darajasiga qarab to'lanadi. Bu summa administratorlar tomonidan belgilanadi, va u 30.000-40.0000 so'mni tashkil etadi. (Nima sababdan kun davomida? Sababi bu qo’shimcha ish bo’lib bu ishdan ko’proq soat 19:00dan so’ng shug’illanamiz.)
5-BO'LIM. Ish biroz mayda lekin ustasiga farqi yo'q, sizdan xohish, internet, kompyuter yoki telefon/planshet zarur bo'ladi.
Registratsiya uchun:
https://answers.uz/login
Misollarni shu korinishda yuklasangiz boladi:
https://answers.uz/book_slug/algebra-7-umumiy-o-rta-ta-lim-maktablarining-7-sinfi-uchun-darslik/id/437/page/62/9309
Savollar bo'lsa telegramm https://t.me/Answers_uz